Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Uza.uz»

Fayzullajon Qosimov Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, shahar va tuman kengashlarining qo‘shma sessiyasida viloyat hokimining bu boradagi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

F. Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Farg‘ona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lanishini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring