Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, respublikaning qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter