Farg‘onada 11 yoshli qizcha vahshiylarcha o‘ldirildi. Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi
2023 yil 20 iyul kuni Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish), 118 (Nomusga tegish) va 119 (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida ushbu jinoyat sodir etishda gumonlayotgan shaxs (2006 y.t.) aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Voqea sodir bo‘lgan kuni gumonlanuvchining yonida bo‘lgan ikki nafar sherikning ushbu jinoyatga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.
Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo‘lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter