Farg‘onada 11 yoshli qizchani vahshiylarcha o‘ldirgan o‘smirlarga nisbatan hukm chiqarildi
2023 yil 20 iyul kuni Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish), 118 (Nomusga tegish) va 119 (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida ushbu jinoyat sodir etishda gumonlayotgan shaxs (2006 y.t.) aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Voqea sodir bo‘lgan kuni gumonlanuvchining yonida bo‘lgan ikki nafar sherikning ushbu jinoyatga aloqadorligi ham tekshirilishi aytilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 15 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi ayblanuvchilarga nisbatan hukm chiqargan.
Sudlanuvchilar B. X., M. S. va D. A.ga oid jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rilgani bois ish tafsiloti oshkor etilmaydi, deyiladi Farg‘ona viloyat sudlari kanali xabarida.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2024 yil 15 yanvardagi hukmi bilan sudlanuvchi voyaga yetmagan M. S.ga Jinoyat kodeksi 25,97-moddasi 2-qismining «v,z,o» bandlari, 118-moddasining 4-qismi, 119-moddasining 4-qismi bilan ushbu Kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlanuvchi voyaga yetmagan D. A.ga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining «v,z,o» bandlari, 118-moddasining 4-qismi va 119-moddasining 4-qismi bilan ushbu Kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sudlanuvchi voyaga yetmagan B. X.ning sudlanuvchilar M. S. va D.A. tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida aniq bilgani holda oldindan va’da bermasdan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga aytmasdan, jinoyatni yashirganlikdagi harakatlari Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilingan. Unga Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan Kodeksning 62,84 p1-moddalari tartibida 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter