Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 20 yil «o‘tirib chiqqan» erkak yana qotillikka qo‘l urdi (video)

Farg‘onada 20 yil «o‘tirib chiqqan» erkak yana qotillikka qo‘l urdi (video)

Farg‘onada avvalgi jinoyati uchun 20 yil qamoqda o‘tirib chiqqan erkak uyiga kelgan mehmonga uni o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 yillik muddatni o‘tab qaytgan qo‘qonlik sobiq mahkum Atatov ukasining uyida yashay boshlagan. Bir muddatdan so‘ng uning oldiga jazoni ijro etish muassasasida tanishib qolgan fuqaro Mirzayev mehmonga kelgan. Sobiq mahkumlar suhbatlashib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Mehmon mezbonni haqorat qilgani bois o‘zaro janjallashgan va Atatov uyida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan Mirzayevning turli joylariga urgan. Shundan so‘ng, u jabrlanuvchini o‘zboshimchalik bilan davolashga urinib, uni ikki sutka xonadonida saqlagan.

Jinoyat fosh bo‘lganidan so‘ng o‘tkazilgan sudga oid ekspertiza xulosasida ko‘rsatilishicha, Mirzayevning o‘limiga ko‘krak qafasi ikkala tomonidan to‘qqizta qovurg‘a sinishi va o‘pka yirtilishi sabab bo‘lgan.

Atatovning harakatlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bani bilan malakalanib, ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmi bilan u 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring