Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 90 nafar IIB xodimi turli darajadagi jazoga tortildi

Farg‘onada 90 nafar IIB xodimi turli darajadagi jazoga tortildi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomining buzilishi, shuningdek, ular o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Aytilishicha, tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim xodimlarga nisbatan turli intizomiy ta’sir choralari ko‘rilgan. Xususan, faoliyatida kechirib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ygan 2 nafar xodimni ichki ishlar organlari safidan bo‘shatish, 2 nafar xodimni xatti-harakatiga intizomiy jazo sifatida maxsus unvonini bir pog‘onaga pasaytirish bo‘yicha taklif kiritilgan. Xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil 10 nafar xodimning faoliyatini intizomiy kengashlarda muhokama qilib, ularning ichki ishlar organlarida qolish-qolmaslik masalasini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bundan tashqari, 2 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 6 nafariga qattiq hayfsan berilgan, 68 nafar xodim esa ogohlantirilgan.

Qisqasi, xabar mazmuni shu. Turli darajadagi intizomiy jazoga tortilgan xodimlar miqdoridan kelib chiqilsa, savol tug‘iladi: bitta viloyatga... ko‘plik qilmaydimi?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring