Farg‘onada ayolning uyiga tushgan o‘g‘ri ushlandi

Farg‘ona shahar, Termiz ko‘chasida yashovchi E.U ismli ayol IIBga murojaat qilib, xonadoniga o‘g‘ri tushgani haqida ma’lum qilgan.
Uning qayd etishicha, 3 sentyabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon seyfida bo‘lgan 500 AQSh dollari va 600.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter