Farg‘onada «Malibu»ning yuzdan ortiq jarimasi o‘chirib yuborildi. Berilgan rasmiy munosabatda ochiq savollar ko‘p

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 40 081 SBA bo‘lgan «Malibu-2» avtomashinasi haydovchisi 100 tadan ortiq qoidabuzarlik sodir etgani va ularning 106 tasi «oxirgi zarurat holatida qoida buzgan» deb topilib, jarimalar bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Shuningdek, mazkur xabarlarga qoidabuzarlik sodir etilgan avtomashina viloyat YHXB boshlig‘ining rafiqasi nomida ekanligi ilova qilinadi.
Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat berib, jumladan, «muqaddam fuqaro O‘.A. arizasiga asosan Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining besh nafar xodimlarini nisbatan intizomi jazo tayinlangan»ini bildirdi.
Shu bilan birga, «Malibu-2» avtotransport vositasida sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar belgilangan tartibda undirilganini ma’lum qildi.
Biroq, rasmiy munosabatda jarimalarni o‘chirish holati nimaning evaziga amalga oshirilgani, avtotransport vositasi boshqaruvida kim bo‘lgani va kimning nomida davlat ro‘yxatida turgani, qolaversa, ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlarining hech qanday sudsiz vaziyatni «oxirgi zarurat» deb topishga hamda jarimani bekor qilishga vakolati bor yoki yo‘qligi borasidagi savollar ochiq qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter