Farg‘onada milliy cholg‘ular hamda simfonik orkestrlari tashkil etiladi

«Milliy va jahon musiqa san’ati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
- Farg‘ona milliy cholg‘ular orkestri;
- Farg‘ona simfonik orkestri.
Shuningdek, reja bo‘yicha Farg‘ona shahridagi «Eco City» majmuasi hududidagi amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan boshqa joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholg‘ular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter