Farg‘onada noqonuniy tashkil etilgan dorixona aniqlandi

Yozyovon tumanida noqonuniy tashkil etilgan dorixonadan 154,3 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tumani bo‘lim tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda "D.X.” MChJ mas’ul shaxslari dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya olmasdan, "Yozyovon” MFY hududidagi binoda noqonuniy dorixona tashkil etib, umumiy bahosi 154,3 mln so‘mlik turli nomdagi jami 24 723 dona dori vositalarini chakana tartibda sotib kelayotganliklari aniqlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 4 turdagi dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi ko‘rsatilmaganligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter