Farg‘onada noto‘g‘ri «ukol» qilgan ikki hamshira sudlandi (video)
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida ikki nafar bolaga noto‘g‘ri muolaja qilgan hamshiralar sudlandi. Ularning «muolaja»si sabab bolalarning oyog‘i ishlamay qolgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni hamshira Sultonova shifokor tomonidan tavsiya etilgan «Donat» nomli antibiotikni «Lidokain»da eritib, voyaga yetmagan bemorning yonbosh sohasiga noto‘g‘ri in’yeksiya qilishi oqibatida uning oyog‘ida qattiq og‘riq kuzatilib, ishlamay qolgan.
Shu yilning 3-iyulida esa hamshira Qayumova shifokor tomonidan tavsiya qilingan «No-Shpa» va «Dimedrol» dorilarini voyaga yetmagan Adhamovning o‘ng yonbosh sohasiga noto‘g‘ri in’yeksiya qilgan. Uning ham bir oyog‘i ishlamay qolgan.
Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasida ushbu salbiy holatlar texnik jihatdan noto‘g‘ri qilingan in’yeksiya oqibatida sodir bo‘lgani ma’lum qilingan.
JIB Qo‘qon shahar sudi sudyasi M.Ulug‘bekovga ko‘ra, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlar qoplangani va tomonlarning yarashganligi inobatga olinib, jinoyat ishlari tugatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter