Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qarovsiz qoldirilgan 9 yoshli bola avtomashinada yonib ketdi

Farg‘onada qarovsiz qoldirilgan 9 yoshli bola avtomashinada yonib ketdi

Foto: «val.ua»

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida soat taxminan 17:30 da Beshariq tumanida yashovchi nafaqaxo‘r N.R. «VAZ-2102» rusumli avtomashinada O‘zbekiston tumani Begobod qishlog‘ida joylashgan «Ergashali ustoz Murodov» fermer xo‘jaligiga o‘rik mahsulotini terib olish uchun borib, bog‘ ichiga kirib ketib, birga olib kelgan 9 yoshli nabirasi M.A.ni nazoratsiz qoldirgan.

Oqibatda u avtomashina salonida bo‘lgan 5 litrlik yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgan. Avtomashina salonida yong‘in sodir bo‘lib, M.A. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.

Yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring