Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Shumaxer opa»dan yetkazilgan zarar undirib olindi

Farg‘onada «Shumaxer opa»dan yetkazilgan zarar undirib olindi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida sodir bo‘lgan avtohalokatda qoidabuzar ayol haydovchining xatti-harakati oqibatida boshqa bir haydovchi jabr ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi (ayol kishi) yo‘l talashib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Damas» rusumli avtomobilni siqib yuborgan va YTH sodir etgan. Natijada «Damas» haydovchisi sezilarli miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

MIB matbot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Byuroning Quvasoy shahar bo‘limi ish yurituviga jabrlangan haydovchining arizasiga asosan, tegishli ijro hujjati kelib tushgan. Byuro xodimlarining tegishli harakatlari natijasida, halokatga sababchi bo‘lgan «Shumaxer opa» yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplab bergan.

«Barcha undirilgan pullar jabrlanuvchi, ya’ni «Damas» haydovchisiga yetkazildi va ijro ishi qonuniy yakuniga yetdi», – deyiladi MIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring