Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada talonchilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘onada talonchilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘ona tumanida fuqaroning 800 dollar pulini talonchilik yo‘li bilan olib qo‘ygan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 19 yanvar kuni O.T va N.B.lar bir guruh bo‘lgan holda Z.Sh Xo‘roba mahalla MFY hududidagi dala yo‘liga olib borishib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urishib yonida bo‘lgan jami 800 AQSh dollari pullarini talonchilik yo‘li bilan ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a.b» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring