Farg‘onada tomorqasida 450 tup ko‘knori ekkan ayol ushlandi

Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 1958-yilda tug‘ilgan Buvayda qishlog‘ida yashovchi A.X. (ayol)ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 450 tup ko‘knori yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda ayol «davo uchun» o‘z xovlisida 3 tup ko‘knori yetishtirgani aniqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter