Farg‘onada uyida 7 kilo nasha saqlab kelgan shaxs aniqlandi
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 7 kilogrammdan ziyod nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 9-fevral kuni tumani IIB hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Aytilishicha, tumanning Beruniy MFYda yashovchi 1978 ytlda tug‘ilgan fuqaro A.X. yashash xonadonining omborxonasida jami 7 kilo 170 gramm miqdoridagi nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter