Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab og‘ir ahvolda qolmoqda

Farg‘onada yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab og‘ir ahvolda qolmoqda

Foto: Xabar.uz

Farg‘onada Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining bolalar reanimatsiya bo‘limida «Dok-1 Maks» siropidan zaharlangan Quvasoy shahrida yashovchi 3 yoshli bola davolanmoqda.

Bu haqda viloyat SSB rahbari Abduqayum To‘xtaqulovga asoslanib, O‘zA xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarining xabar berishicha, bolaning umumiy ahvoli og‘ir, hushida. Bemorga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

«Viloyatdagi vaziyatni shaxsan o‘zim nazoratga olganman. Yana bir bor aholimizdan isitma tushiradigan dori vositalarini faqat shifokor tavsiyasi va nazoratida qabul qilishni so‘rayman. Qolaversa, farzandlarimizga shifokorning aniq tavsiyasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori preparatlarini bermaslikni iltimos qilib qolamiz», — dedi Abduqayum To‘xtaqulov.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar 20 nafar bola ushbu dori sabab vafot etdi. O‘zbekistonda ushbu doridan foydalanish taqiqlandi va sotuvdan olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring