Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Yandeks» haydovchisi bilan janjallashgan shaxs javobgarlikka tortildi

Farg‘onada «Yandeks» haydovchisi bilan janjallashgan shaxs javobgarlikka tortildi

Avvalroq, Farg‘onada «Yandeks» haydovchisi va mijoz yo‘l o‘rtasida janjallashgani haqida xabar bergan edik.

Farg‘ona viloyati IIBning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan.

«Kechirasizlar, qizishib ketib, bir-birimizni tushunmadik. Qonunni buzganimiz uchun mana, jazosini olib, javob berib o‘tiribmiz. Pushaymonman, hammadan uzr so‘rayman, boshqa qaytarilmaydi», — deydi u.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mazkur holatda ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring