Farg‘onada yuk mashinalarining harakatiga ayrim cheklovlar kiritildi

2025-yil 20-iyul sanasidan 20-oktyabr sanasigacha, Farg‘ona viloyati hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakati har kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha cheklanadi.
Bu borada viloyat hokimining tkgishli qarori qabul qilingan.
Ushbu cheklov avtomobil yo‘llarida tashishda transport vositasining g‘ildirak o‘qiga tushadigan og‘irligi 10 tonna va undan ortiq bo‘lgan yuk avtomashinalari, yonginga chidamli bo‘lmagan yoki muhit uchun xavfli yuk tashuvchi transport vositalari, boshqa maxsus talablarga javob bermaydigan og‘ir avtotransportlariga taaluqli.
O‘z navbatida, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish va favqulodda holatlar xizmatlariga tegishli transport vositalari, kommunal va sanoat xizmatlarini ta’minlovchi maxsus transportlar, ruxsatnomaga ega bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarining mahsulot yetkazib berish vositalariga (faqat maxsus belgilar bilan) mazkur cheklov tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilmoqda.
Manba: api-portal.gov.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter