Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada portlash sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Farg‘onada portlash sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘lgani va 5 nafar ishchi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati FVB mazkur holatga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, 18 aprel kuni soat 12:20 larda Toshloq tumani «Varzak» MFY, Dasht hududida joylashgan (jamiyat rahbari K.A.ning) «Farg‘ona neft mahsulotlari» mas’uliyati cheklangan jamiyatning logistika markazi tashkil etish uchun ajratilgan joyda koks ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex hududida chaqnash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu ishlab chiqarish sexidan foydalanish maqsadida sinov tariqasida ishlatish jarayonida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatida ikki nafar korxona ishchisi va uch nafar qurilishga kelgan fuqarolar turli darajada kuyish tan jarohati olib, davolanish uchun tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.

Yuqoridagilarga asosan chaqnashga sig‘imni uzoq vaqt davomida qizdirilishi, sig‘im ichida bosimni ortib ketishi va sig‘imga payvand qilingan qopqog‘i bosimni ko‘tara olmay ochilib ketgan. Oqibatda sig‘im ichida to‘plangan gaz kondensatini alangalanishi natijasida sig‘im atrofida bo‘lgan besh nafar fuqaroning tan jarohat olishlariga sabab bo‘lgan, deb taxmin qilingan.

Voqea joyini o‘rganilganda xavfli ishlab chiqarish ob’yektni loyihalash, qurish, kengaytirish va foydalanish bilan bog‘liq ishlar uchun tegishli loyiha hujjatlari belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilmagan va tegishli xulosalar olinmagan holatda foydalanishga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xodimlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring