Farg‘onadagi «ohak zavod» budjetga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirgan
Farg‘onada ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida tizimga 1 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar ketirilgani aniqlandi.
Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, inspeksiya tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
O‘rganish davomida fuqaro T.A. o‘ziga qarashli ohak ishlab chiqarish sexining 1 dona ohak xumdonida 18 ta nostandart gaz yondirgichlar orqali o‘sha hududdan o‘tuvchi yer osti gaz quvuriga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani fosh bo‘lgan.
Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 1 mlrd 54 mln so‘mlikni tashkil qilgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter