Farg‘onadagi xususiy klinikada prokuratura xodimi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida joylashgan xususiy klinikada burun operatsiyasini o‘tkazgan 33 yoshli Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimi vafot etdi.
Ayrim manbalar, jumladan, «Daryo» nashrining marhum oila-a’zolariga tayanib yozishicha, bemor 10 aprel kuni kechki soat 18:00 da operatsiyaga kirgan va 22:30 da uning vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Marhumning turmush o‘rtog‘i uning operatsiyadan oldin yonboshidan ikkita ukol olgani va rentgen qilinganidan so‘ng, hammasi yaxshi, sog‘lomsiz deya operatsiyaga olishganini aytgan.
Marhumning yaqinlari bemor vafot etgach, shifokorlarning voqea joyidan qochib ketganini ham qo‘shimcha qilishgan.
Bosh prokuratura mazkur holatga rasmiy munosabat bildirib, holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani, tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi haqida ma’lumot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter