Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk ambassadori bo‘ldi

Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk ambassadori bo‘ldi

Farg‘onadagi 10-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Jo‘raboyeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga mo‘ljallangan Microsoft Learn Student dasturi ambassadori bo‘ldi.

Endilikda Dilafro‘z Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi.

Ushbu dastur kompaniyaning yoshlarga mo‘ljallangan loyihasi bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yoshlarni saralab oladi.

«Ushbu loyihaga topshirishim ham, kirishim ham oson kechmadi. Texnik tomondan bilimlarim yaxshi bo‘lgani uchun meni nominatsiyaga qo‘yishdi. 1 yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni a’lo darajada bajarish talab etildi. Shulardan biri sun’iy intellekt texnologiyasi bo‘yicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlar bo‘ldi», — dedi Dilafro‘z Jo‘raboyeva.

Ayni damda Dilafro‘z Yandex uchun o‘qish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi o‘tsa Yandexning katta loyihalariga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dilafro‘z Microsoft Developers Community Uzbekistan, Sado24, NET Documentation Uzbekistan singari ko‘plab startap, hakaton va musobaqalar ishtirokchisi. IT Community Uzbekistanning Farg‘ona vodiysi bo‘ylab ambassadori hamda «Ibrat» speaking klubining volontyori sifatida ham faoliyat olib boradi.

U mamlakatimizning IT sohasidagi 46 nafar ayol va qizi qatoridan joy olgan, qolaversa, O‘zbekistondagi top-12 sport dasturchisidan iborat qizlar jamoasiga qo‘shilgan.

Kompaniya talaba-ambassadori bo‘lish nima beradi?

Ushbu maqomga ega talaba texnik va yetakchilik bo‘yicha treninglar, Microsoftning keng ta’lim resurslariga kirish va kelajakni yaratishga ishtiyoqi baland yoshlarni birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi. Talaba tomonidan yoshlar uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga homiylik qilinadi. Kompaniya barcha mahsulotlarining premium talqinlari bepul taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring