Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Farg‘ona sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Mamadjanov Husan Hasanovich o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasida ishlab kelgan To‘xtaqulov Abduqayum Yuldashevich Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

53 yoshli Abduqayum To‘xtaqulov Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi sifatida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam markazi xirurgi, Beshariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

A.To‘xtaqulov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasida 2019 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring