Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farmatsevtika agentligi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Farmatsevtika agentligi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani xabar berilgandi. 

Yig‘ilishda Farmatsevtika agentligida loyihalar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangidan tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun Investitsiya vazirligidan agentlikka birinchi o‘rinbosar – Ulug‘bek Egamov tayinlangani ma’lum qilindi.

Unga agentlik tizimiga yangi investitsiya muhitini olib kirish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Agentlik va viloyat hokimlari oldiga joriy yilning o‘zida 80 million dollarlik 34 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan. Misol uchun, joriy yilda Toshkent farmatsevtika parkida 50 million dollarlik 2 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Jami ushbu klasterda 3 yilda 280 mln dollarlik 6 ta korxonani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Yoki, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda atigi 1 tadan eng oddiy dorilarni ishlab chiqaradigan korxona mavjud bo‘lsada, mazkur viloyatlar kelgusi 2 yilda bor-yo‘g‘i 2 tadan yangi loyihani amalga oshirishni reja qilgan.

Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazib, kamida 10 ta brendni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring