Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farrux Sayfiyev «Nasaf»dan «Paxtakor»ga o‘tdi

Farrux Sayfiyev «Nasaf»dan «Paxtakor»ga o‘tdi

Farrux Sayfiyev

Foto: «Pakhtakor.uz»

«Nasaf» klubining chap qanot himoyachisi Farrux Sayfiyev «sherlar» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Sayfiyev «Nasaf» safida Oliy liganing 111 uchrashuvida maydonga tushib, 13 marta raqib darvozabonlarini ranjitishga erishgan.

Farrux Sayfiyev 1991-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U «Nasaf» tarkibida O‘zbekiston kubogi va Superkubogida zafar quchgan, mamlakat chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring