Fatvo markazi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi
2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi fatvo markazi ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, zakot nisobi 35 million 700 ming so‘m etib belgilangan.
Fitr sadaqasi va fidya miqdori: bug‘doy (2 kilo) — 12 ming so‘m, arpa (4 kilo) — 20 ming so‘m, mayiz (2 kilo) — 100 ming so‘m, xurmo ( 4 kilo) — 180 ming so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter