Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermer 700 mln so‘m, oilaviy korxona rahbari 15 000 AQSh dollari bilan ushlandi

Fermer 700 mln so‘m, oilaviy korxona rahbari 15 000 AQSh dollari bilan ushlandi

Navoiy viloyati, Nurota tumanida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nurota tumanida yashovchi N.T. «J.B.» fermer xo‘jaligi rahbari Y.N. bilan o‘zaro til biriktirib,  xo‘jalikning 80 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro M.X.ga 1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, oldindan 700 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, Nurota tumanida yashovchi Z.X. «M.B.» oilaviy korxonasi rahbari B.M. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu korxonaga qarashli yer maydoni bilan birga davlat zaxirasidan yana 16 gektar jami 32 gektar yer maydonini fuqaro T.K.ga 30 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring