Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ferrari ilk «toza qonli» yo‘ltanlamasini taqdim etdi

Ferrari ilk «toza qonli» yo‘ltanlamasini taqdim etdi

Italiyaning Ferrari kompaniyasi o‘zining 75 yillik tarixida ilk marotaba yo‘ltanlamas mashinasini chiqardi.

Mashinaga Purosangue nomi berildi, italyan tilidan tarjima qilganda «toza qonli» ma’nosini beradi.

Mashina saloni — to‘rt kishilik. Purosangue dizayni o‘zgacha: to‘rtta eshigi bor, orqa eshiklari teskari tomonga, ya’ni ortga ochiladi. Ferrari o‘rindiqlari isitiladigan, qolaversa, kompaniya tarixidagi eng katta yukxonaga yuga.

Avtomobilning 12 silindrli dvigateli 725 ot kuchiga ega — Ferrari 812 Superfast superkariniki bilan bir xil. Motor sig‘imi — 6,5 litr. Uzatmalar qutisi ort o‘qqa o‘rnatilgan. Bu 3,3 soniyada — 100 km/soat, 10,2 soniyada — 200 km/soat tezlanish olish imkoniyatini yaratadi.

Yangi Ferrari 2023-yil bahoridan sotuvda paydo bo‘ladi. Narxi 390 ming yevrodan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring