FIFA koronavirus sabab O‘zbekistonda o‘tadigan JCh saralash o‘yinini qoldirdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart va iyun oylaridagi JCh-2022 saralash o‘yinlari koronavirus tarqalishi munosabati bilan qoldirildi. Bu haqda FIFA rasmiy saytiga tayanib Uz24 xabar bermoqda.
FIFA tomonidan qoldirilgan O‘zbekiston ishtirokidagi uchta uchrashuvning biri Toshkentda o‘tkazilishi lozim edi.
«FIFA OFK bilan kelishgan holda JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni qoldirishga qaror qildi. 23-31 mart, 1-9 iyun kunlari o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinlar keyinroq o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Lekin jamoalar o‘zaro kelishgan holda o‘yin ishtirokchilari xavfsizligi ta’minlanishi sharti bilan uchrashuvlarni o‘z vaqtida o‘tkazishi mumkin. Faqat bunday holatda OFK hamda FIFAning roziligi olinishi kerak»,— deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishi lozim edi. 6 aprelda reja bo‘yicha Singapur Toshkentga tashrif buyurishi belgilab qo‘yilgandi. 6 iyunda esa Saudiya Arabistoniga qarshi mehmondagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter