Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA o‘yini nomi o‘zgaradi

FIFA o‘yini nomi o‘zgaradi

Foto: «Ferra»

Kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi Electronic Arts (EA) kompaniyasi Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA bilan kelisha olmadi va shu nomdagi o‘yini nomini o‘zgartirishga qaror qildi.

2023-yildan FIFA o‘yini EA Sports FC nomi ostida taqdim etilishi boshlanadi.

Nega bunday qarorga kelinganiga rasmiy munosabat bildirilmagan bo‘lsa-da, insayderlarga ko‘ra, hammasiga FIFA ning ochko‘zligi aybdor — xalqaro federatsiya brend nomidan foydalanganlik uchun 4 yilga 1 mlrd AQSh dollari so‘rayapti, to‘g‘risi, EA uchun bu juda katta pul.

Nomi o‘zgargani bilan, o‘yinning xususiyatlari saqlanadi: geymerlar 30 ta milliy liganing 700 ta jamoasi va 19 mingta futbolchisidan foydalana olishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring