Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA Qatar mundialdan qancha daromad olganini ochiqladi

FIFA Qatar mundialdan qancha daromad olganini ochiqladi

Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan tushgan daromadi 10,5 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi.

Joriy jahon chempionatining foydasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018-yilgi turnirdan olingan daromaddan 1 milliard dollarga ko‘p.

«FIFA daromadi 10,5 milliard dollarni tashkil qiladi. To‘rt yil oldin bir milliard ko‘proq», – deydi Janni Infantino matbuot anjumanida.

Shuningdek, Infantino Qatar mundialini Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi musobaqa bo‘lganini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Qatarda futbol bo‘yicha Jahon chempionati 20-noyabr kuni start oldi. Bugun, 17-dekabr kuni Marokash va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. 18-dekabr kuni final bahsi o‘tkaziladi, Argentina va Fransiya terma jamoalari chempionlik uchun kurashadi. Ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring