Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA Trampni mukofot bilan taqdirladi

FIFA Trampni mukofot bilan taqdirladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tomonidan taqdim etilgan maxsus tinchlik mukofotining birinchi sohibi bo‘ldi.

Mukofotlash marosimi Vashingtonda o‘tayotgan 2026-yilgi Jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimida tashkil etildi. FIFA Trampni rasman laureat sifatida taqdim etdi, unda uning xalqaro mojarolardagi yutuqlari va tinchlik tashabbuslari aks etgan video namoyish etildi. 

AQSh prezidenti sahnaga taklif qilindi va FIFA prezidenti Janni Infantino unga maxsus mukofotni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp joriy yil Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kirita olmagandi. U bir yilning o‘zida dunyo bo‘ylab sakkizta mojaroga chek qo‘yganini aytib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring