Finlyandiya Ottava konvensiyasini tark etdi

Finlyandiya piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash to‘g‘risidagi Ottava konvensiyasidan chiqqani haqida BMTga rasmiy xabar yo‘lladi.
«Finlyandiya piyodalarga qarshi minalar to‘g‘risidagi Ottava konvensiyasidan chiqishi haqidagi hujjatni 2025-yil 10-iyulida taqdim etdi. Chiqish rasman 2026-yil yanvaridan kuchga kiradi. Finlyandiya Konvensiyaning insonparvarlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», — deyiladi mamlakat TIV bayonotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakatning konvensiyadan chiqishi uning xalqaro huquq doirasidagi boshqa majburiyatlariga ta’sir qilmaydi.
Avvalroq Polsha hamda Boltiqbo‘yi mamlakatlari ham Ottava konvensiyasidan chiqqan edi. Sabab — Rossiya hududidan kutilayotgan xavf.
Ma’lumot uchun: Ottava konvensiyasi 1999-yilda kuchga kirgan, piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni man etadi, Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi piyodalarga qarshi minalar tinch aholiga katta ziyon yetkazishini hisoblab chiqqan. Piyodalarga qarshi minalarning ulkan zaxirasiga ega Rossiya ushbu konvensiya ishtirokchisi emas. Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Isroil ham konvensiyaga qo‘shilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter