Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopyapti

Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktini vaqtincha yopyapti

Finlyandiya 17-18-noyabr kunlari Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktini yopadi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi rahbari ma’lum qilgan.

Rasmiy Xelsinki so‘nggi paytlarda Iroq, Yaman va boshqa davlatlar fuqarolarining Rossiya orqali Finlyandiyaga ommaviy ravishda boshpana so‘rab kirib kelish holatlari ko‘payganini ma’lum qilgan.

Avvalroq mahalliy OAV Finlyandiya 16-noyabr kuni Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishni rejalashtirgani, biroq barcha punktlar yoki ayrimlari yopilishi borasida bir to‘xtamga kelinmagani haqida yozishgan edi.

O‘z navbatida, mamlakat IIV rahbari Mari Rantanen ham bu masalaga munosabat bildirib, «zarurat tug‘ilganda noqonuniy muhojirlar oqimi tufayli Rossiya va Finlyandiya o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishni cheklaydigan takliflar tayyorlayotgani» haqida bayonot bergan.

Yle nashriga ko‘ra, dam olish kunlari Finlyandiyadan boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni chegarada sezilarli darajada oshgan. Ya’ni, ikki kun ichida 34 kishi. O‘tgan dushanba kuni ularning soni 39 nafarni, seshanba kuni tushdan keyin esa 20 nafarni tashkil etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring