Finlyandiyani Markaziy Yevropa bilan bog‘lovchi yagona suvosti aloqa kabeli uzildi
Finlyandiyani Markaziy Yevropa bilan bog‘lovchi yagona suvosti aloqa kabeli — C-Lion1 uzilgani ma’lum qilindi.
Boltiq dengizi tubi bo‘ylab yotqizilgan va Finlyandiyani Germaniya bilan bog‘lovchi telekommunikatsiya kabeli uzilgani haqida optik tolali kabellarni yotqizuvchi Cinia davlat kompaniyasi bayonot berdi.
Kabel atayin yoki tasodifan uzilganmi — noma’lum. Kabel shikastlangan nuqtaga ta’mirlovchi kema yetib borgan. Uni tiklash ikki haftagacha cho‘zilishi mumkin. Kabel uzilgani bilan Finlyandiyada aloqa sifati yomonlashmasligi taxmin qilinyapti.
C-Lion1 kabeli 2016-yilda ishga tushirilgan, uzunligi — 1 172 kilometr. Rossiyaning (2022-yilda ishdan chiqarilgan) «Shimoliy oqim» gaz quvuri bilan yonma-yon joylashgan (oraliq masofa atigi bir necha yuz metr).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter