Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firdavs Abduxoliqov: «Bizda qaroqchilik bor edi...».

Firdavs Abduxoliqov: «Bizda qaroqchilik bor edi...».

«Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» Prezident Farmoni imzolangan edi. Farmonning asosiy maqsad va vazifalari haqda «O‘zbekkino» milliy agentligida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda «O‘zbekkino» milliy agentligining mutassaddi rahbarlari, atoqli san’atkorlar, ustoz kinoshunoslar, kino tanqidchilar va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Prezident farmonining quyidagi bandlari alohida e’tirof etildi:

  • Farmon bilan Film ijodkorlari va texnik xodimlarning gonorari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida erkin belgilanadi. Kinoijodkorlar anchadan buyon shikoyat qilib kelgan eski tizim bekor qilinmoqda. Endilikda hamma o‘z narxini o‘zi erkin belgilaydi.
  • Kinoijodkorlarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi va himoya qiluvchi «O‘zbekiston kino sanoati vakillari» uyushmasi tashkil etilmoqda.
  • Toshkent xalqaro kinofestivalini «Ipak yo‘li durdonasi» nomi ostida qayta tashkil etish va 2021-yildan boshlab muntazam o‘tkazib borish.
  • Kinematografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etiladi. Shuningdek, «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ham ta’sis etiladi.
  • Yosh kinoijodkorlar uchun esa Butunrossiya kinematografiya institutining Toshkenda filiali ochiladi. Zamonaviya kino ta’limi tizimini kiritish uchun kinoakademiya quriladi.
  • Mahalliy kinokompaniyalar uchun esa film ishlab chiqarishda to‘langan soliq summasining 50 foizi qaytarib beriladi. Bundan budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan filmlar mustasno.
  • Kinokompaniyalar zamonaviy pavilonlarni tashkil etish uchun ikki yil mobaynida 20 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish majburiyatini olgan ularga 3 yil davomida foyda va yer soliqlari 50 foizlik stavkada o‘rnatiladi.
  • 2024-yil 1-aprelga qadar ob’yektlarni jihozlash uchun olib kiriladigan kino qurilmalari bojxona boji to‘lovlaridan ozod etiladi.
  • Kinoteatrlar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ham bir necha choralar bor. 2021 yil 1 iyuldan boshlab savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq yangi quriladigan savdo markazlarida kinoteatr tashkil etish majburiy tartibi o‘rnatiladi. Kinoteatrlarda jami o‘rindiqlar soni 300 tadan va 4 ta kinozaldan kam bo‘lmasligi zarur.
  • Respublika bo‘ylab jami o‘rindiqlar soni 250 tadan va 3 ta kinozaldan kam bo‘lmagan kinozallari mavjud savdo markazlarini qurish uchun tadbirkorlarga 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi.
  • Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

Firdavs Abduxaliqovning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvarga qadar kinoteatrlar raqamli proyektorlar bilan jihozlansa, ularni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi. Agentlik rahbari shunday dedi: «Bizda qaroqchilik bor edi. Shuning uchun ham raqamli formatga o‘tish kerak. Bu biz uchun tarixiy o‘zgarishdir».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring