Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firib ishlatgan egizak futbolchilar ustidan surishtiruv boshlandi

Firib ishlatgan egizak futbolchilar ustidan surishtiruv boshlandi

Edgar Ie (chapda) va Edelino.

Foto: RTVI

Gvineya-bisaulik futbolchi Edgar Ie Buxarestning «Dinamo» klubiga o‘zining o‘rniga egizagini jo‘natganlikda ayblanyapti.

Fevralda futbolchi «Dinamo» bilan shartnoma imzolagandi, biroq oradan uch oy o‘tib, uning o‘rniga rumin jamoasida egizak akasi Edelino to‘p surib kelgani fosh bo‘ldi, deb yozdi Ispaniyaning Marca gazetasi.

Nashrga ko‘ra, Edelino beshta o‘yinda Edgar Ie o‘rniga maydonga tushgan. Firibni jurnalist Daniel Sendre fosh qildi. Uning yozishicha, «Dinamo»dagilarni futbolchining inglizchada yomon gapirishi, faqat portugal tilida muloqot qilishi ajablantirgan, vaholanki, u Ispaniya («Barselona»), Fransiya, Turkiya va Niderlandiya jamoalarida o‘ynagan. Boshqa bir jurnalist Emanuel Rosu esa futbolchi jamoaga o‘zining haydovchilik guvohnomasini ko‘ratishni istamaganini yozdi.

Ruminiyada «egizaklar ishi» bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Agarda Edgar Ie o‘rniga egizagi «Dinamo»da o‘ynagani rasman tasdiqlansa, jamoa 8 ochkodan mahrum bo‘lishi mumkin (Edelino Edgar o‘rniga o‘ynagan 5 ta o‘yinda jamoa 8 ochko to‘plagan).

Bundan tashqari, Ruminiya futbol federatsiyasi mazkur holat yuzasidan sanksiyalar qo‘llashi ham kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring