Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1500 dollarga universitetga, 500 dollarga texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

1500 dollarga universitetga, 500 dollarga texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G‘.A. va M.P. fuqaro A.X.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida qo‘shni Qozog‘istongi oliy ta’lim muassasasida o‘qigani to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetining 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.V. va boshqalar fuqaro M.O.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Marg‘ilon shahridagi 1-sonli tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring