Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Forbes: Rossiyaning raketa zaxirasi hali ham 3-4 ta yirik hujum uchun yetadi

Forbes: Rossiyaning raketa zaxirasi hali ham 3-4 ta yirik hujum uchun yetadi

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya shu paytgacha urushga 82 milliard dollar sarflagan. Bu Rossiya yillik byuudjetining chorak qismi.

Ushbu mablag‘ning 14 milliarddan ortig‘i Ukrainaga raketa hujumlarini moliyalashtirish uchun sarflangan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bosqindan keyin to‘qqiz oy ichida Ukraina hududlariga 4 mingdan ortiq raketa uchirilgan, ularning har birining o‘rtacha qiymati 3 million dollarga teng.

Taxminan 6,6 milliard dollar armiyani artilleriya bilan ta’minlashga, 15,6 milliard dollar esa harbiylarga maosh to‘lashga sarflangan. Shuningdek, urush davomida Rossiya 20,8 milliard dollarlik harbiy texnikani yo‘qotgan.

G‘arb harbiy ekspertlarining fikricha, Rossiyaning raketa zaxirasi sezilarli darajada tugagan, ammo arsenal hali ham 3-4 ta yirik hujum uchun yetarli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring