Forishda o‘tgan merganlar musobaqasida «Xabar.uz» muxbirlari g‘olib bo‘ldi

Markaziy harbiy okrugning «Forish» tog‘-dala o‘quv maydonida OAV vakillari uchun press-tur va merganlar musobaqasi o‘tkazildi.
Press-tur davomida jurnalistlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng OAV vakillari o‘rtasida merganlar musobaqasi o‘tkazildi. Jurnalistlar «Makarov» rusumidagi 9-mmli to‘pponchada bahslashdilar.
Merganlar musobaqasida «Xabar.uz» muxbiri Zafar Qosimov va fotomuxbir Farrux Aliyev bir xil — 26 balldan to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Press-tur yakunida Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Oybek Saidov bilan jurnalistlar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter