Fotih Terim O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradimi?
Fotih Terim futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Heber Merkaziga asoslanib yurtimizdagi OAVlar xabar berdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 71 yoshli murabbiyga taklif yuborgan, Fotih Terim ushbu taklif yuzasidan bir to‘xtamga kelish uchun vaqt so‘ragan, deyiladi xabarda.
Agar u ijobiy javob bersa, JCh-2026ga O‘zbekiston milliy jamoasini olib boradi.
Ma’lumot uchun: Fotih Terim — turk futbolining taniqli mutaxassislaridan biri. «Galatasaroy»ni 8 marta mamlakat chempioni qilgan va Yevropa maydonlarida zafar quchgan, Turkiya terma jamoasi bilan Yevro-2008 va Yevro-2016 turnirlarida ishtirok etgan. Hozir «Ash-Shabob» (Saudiya Arabistoni) klubini boshqarmoqda.
Oldinroq Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish taklifini rad etgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter