AQShga tashrif chog‘ida FQB bilan jinoiy ta’qib bo‘yicha hamkorlik masalasi ko‘rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida Bosh prokuror O.Murodov tomonidan AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Xususan, Adliya departamentida AQSh Bosh prokurori yordamchisi B.Shvars bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash va tergov borasida o‘zaro yordam ko‘rsatish sohasida xamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Adliya Departamentining OPDAT va ICITAP dasturlari doirasida jinoiy ta’qib va kadrlarni o‘qitish sohasida salohiyatni oshirish yuzasidan ko‘mak ko‘rsatishga oid o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Prezidentning «Blair House» qarorgohida Federal qidiruv byurosining mutasaddi vakillari ishtirokida Bosh prokuratura va FQB o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumini (Vashington, 04.12.2017-y.) amalga oshirish yuzasidan dastur («Yo‘l xaritasi») imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati ma’sul xodimlari bilan uchrashuvda o‘sib borayotgan tahdid va mazkur turdagi jinoyatlarning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda valyutaga oid jinoyatlar, qalbaki pul belgilari va boshqa to‘lov vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
2018-yil 15-martda Toshkentda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Maxfiy xizmat o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumining ijrosini amalda ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter