Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya hukumati iste’foga chiqadi

Fransiya hukumati iste’foga chiqadi

Mishel Barne.

Foto: AP

Fransiya hukumati iste’foga chiqadi, deb xabar berdi Le Parisien.

Mamlakat Milliy yig‘ini (parlamenti) bosh vazir Mishel Barne boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi. 1962-yildan buyon shunday holat birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Rezolyusiyani qabul qilish uchun kamida 289 ta ovoz kerak edi, yakunda 331 ta ovoz berildi.

Avvalroq Barnega ultimatum qo‘yilgandi. Ultra o‘nglar yetakchisi Marin Le Pen undan 2025-yil budjeti borasida yon berishni talab qilgandi, aks holda ishonchsizlik votumi qabul qilinishi aytilgandi. Ta’kidlash joizki, hukumat parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega emas edi.

Ma’lumot uchun: Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 73 yoshli konservativ siyosatchi Mishelya Barneni bosh vazirlikka shu yilning 5-sentyabrida tayinlagan edi. Zamonaviy Fransiya tarixidagi eng yoshi ulug‘ hukumat rahbariga aylangan Barne xuddi shu lavozimdagi eng yosh — 35 yoshli Gabriel Attalning o‘rnini egallagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring