Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq tushdi, jarohatlanganlar bor

Joriy yil 14-may kuni Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan Barben hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi tan jarohati oldi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida Salon-de-Provans shahri yaqinidagi ochiq tekislik hududida sodir bo‘lgan. Chaqmoq tushishi natijasida yong‘in kelib chiqqani qayd etilgan.
Bush-dyu-Ron departamenti qutqaruv xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib kelgan. Ular 15 kishini evakuatsiya qilgan, shulardan 13 nafari jarohatlangan. Og‘ir ahvolda bo‘lgan ayol — Germaniya fuqarosi — kasalxonaga yotqizilgan. Yana 12 kishi, jumladan to‘rt nafar bola tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib, shifoxonaga yetkazilgan.
Hayvonot bog‘i hududidagi hayvonlar va infratuzilmalarga zarar yetmagan. Fransiya ob-havo xizmati bir necha hududda momaqaldiroq xavfi sababli «sariq» darajadagi ogohlantirish e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter