Fransiyaga qisqa muddatli viza olish uchun yangi uchrashuv tizimi joriy etiladi
2026 yil 1 iyuldan boshlab «TLScontact»ning Toshkentdagi viza markazida Fransiyaga qisqa muddatli vizalar uchun yangi uchrashuv tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, endilikda arizachilar uchrashuv sanasini mustaqil ravishda onlayn tanlab band qila olmaydi. Buning o‘rniga uchrashuvlar mavjud bo‘sh vaqtlar asosida avtomatik ravishda belgilanadi.
Mazkur tizim faqat 90 kungacha bo‘lgan turistik vizalar uchun amal qiladi. Boshqa barcha viza toifalari bo‘yicha uchrashuvni bron qilish tartibi o‘zgarishsiz qoladi.
Yangi tizimga ko‘ra, arizachi avval «TLScontact» saytida ro‘yxatdan o‘tib, zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. Ariza qabul qilingach, u navbatga qo‘yilgani haqida tasdiqlovchi xabar yuboriladi. Uchrashuv sanasi belgilangandan so‘ng esa arizachi elektron pochta orqali xabarnoma oladi va xizmat haqini to‘lab, uchrashuvni tasdiqlash uchun 24 soat vaqt beriladi.
Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarish firibgar vositachilar va qimmat xizmat ko‘rsatuvchi uchinchi tomon agentliklari faoliyatiga qarshi kurashish, shuningdek, barcha qonuniy arizachilar uchun viza uchrashuvlariga adolatli va teng imkoniyat yaratish maqsadida joriy etilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter