Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyalik mashhur aktyor vafot etdi

Fransiyalik mashhur aktyor vafot etdi

Foto: «M.kino-teatr.ru»

«SB Talents» aktyorlik agentligi xabariga ko‘ra, «O‘zga sayyoraliklar», «Banzay» va «Karam sho‘rva» komediyalarida rol ijro etgan fransuz aktyori Terri Liagr 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

«Agentligimiz naqadar qayg‘uli bo‘lmasin, Terri Liagr olamdan o‘tganini ma’lum qiladi. U bilan uchrashgan har qanday odam uning iste’dodini, xushmuomalaligini, tabassumini hech qachon unutmaydi», — deyiladi xabarda.

«O‘zga sayyoraliklar» komediyasining millionlab tomoshabinlari Liagrni kafe oshpazi sifatida yodga olishadi. Unda Jan Reno va Kristian Klave ijrosidagi bosh qahramonlar grilda qovurilgan go‘sht bo‘lagini o‘g‘irlashadi.

«Karam sho‘rva» filmida aktyor Lui de Fyunes bilan birga suratga tushgan. Liagr, shuningdek, rejissyor Klod Zidining «Banzay», «Oching, politsiya! 2» va «To‘liq kuzatuv» komediyalarida ishtirok etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring