Fransiyaning qarzi har soniyada 5 ming yevroga ko‘paymoqda

Fransiyaning iqtisodiy ahvoli juda og‘irlashgan, dedi mamlakat bosh vaziri Fransua Bayru o‘z videomurojaatida.
«Kechasi va kunduzi, har soniyada Fransiyaning qarzi 5 ming yevroga ko‘paymoqda», — dedi u.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning davlat qarzi 3,4 trillion yevroga yetgan.
Haddan ziyod qarzdorlik — Fransiya iqtisodiyoti uchun asosiy tahdid, xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan shoshilinch choralar ko‘rish zarur, dedi bosh vazir.
Ma’lumot uchun: Fransiyaning yalpi ichki mahsuloti 2024-yilda 3,16 trln dollarni tashkil etgan. Ya’ni mamlakatning davlat qarzi hajmi uning iqtisodiyotidan kattalashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter