Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Frank Riberi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Frank Riberi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Foto: TVNET

Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi, fransiyalik yarimhimoyachi Frank Riberi futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda u Instagram orqali xabar berdi.

«To‘p to‘xtaydi, mening tuyg‘ularim esa — aksincha. Mana shu ajoyib sarguzasht uchun barchaga rahmat», — deb yozdi Riberi to‘rt tilda (fransuz, nemis, ingliz, italyan tillarida).

2022/2023-yillar mavsumini 39 yoshli Riberi Italiyaning «Salernitana» jamoasida boshlagandi.

Frank Riberi Myunxenning «Bavariya» jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘proq esda qoladi. Ushbu jamoa bilan 2012/2013-yillar mavsumida Yevropa chempionlar ligasida va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, 2013-yilda UEFA Superkubogida zafar quchgan, 9 marta Germaniya chempionati g‘olibi bo‘lgan. Fransiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring