Ehtiyot bo‘ling: fuqarolar yana bir doridan ogohlantirildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabariga ko‘ra, sotuvda «Bar-VIPS» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan, og‘iz orqali yuborish uchun suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi «Bar-VIPS» preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlangan.
Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Bar-VIPS» dori preparatining quyidagi seriyalari, ya’ni 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 mamlakatimizda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan bo‘lib, ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
Sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari haqida quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekiston hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qat’iy nazar) barcha tashkilotlarni ogohlikka chaqirib, «Bar-VIPS» preparatining sifatini tasdiqlovchi tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, shu jumladan 520723 seriyasi, (yaroqlilik muddati 08.2025) aniqlanganda uni zudlik bilan sotuvdan chiqarib tashlashini so‘raydi.
Shu o‘rinda, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom»ga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanib, litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib kelishini eslatib o‘tilgan.
Shuningdek, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislaridan «VIPS-MED» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Bar-VIPS” dori vositasini tibbiy maqsadlarda qo‘llashda o‘ramda ko‘rsatilgan seriyalarga e’tibor berishlarini hamda «Bar-VIPS» preparatining quyidagi 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 seriyalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter